Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev 5 yilda barcha bolalar maktabgacha ta'lim muassasalariga to‘liq qamrab olinishini ma'lum qildi
O‘zbekistonda yaqin 4-5 yilda bog‘cha yoshidagi barcha bolalar maktabgacha ta'lim muassasalariga to‘liq qamrab olinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida ma'lum qildi.
“Biz yaqin 4-5 yilda yurtimizdagi bog‘cha yoshidagi barcha bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to‘liq qamrab olish vazifasini o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu – bizning ayollarimiz, bolalarimiz oldidagi qarzimiz, kerak bo‘lsa, kelajak oldidagi muqaddas vazifamiz va biz uni albatta ado etamiz”, - deya aytib o‘tdi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 7 ming 104 ta maktabgacha ta'lim maskani faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi 2 yil davomida 2 ming 211 ta yangi bog‘chalar tashkil etilib, ularga qo‘shimcha 243 ming bola qabul qilindi.
“Boshqacha aytganda, yurtimizda bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalari bilan qamrab olish darajasi so‘nggi bir yarim yilda 12 foizga oshib, 38 foizni tashkil etmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni bilan 2017 yilda Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Hujjatda aytilishicha, so‘nggi 20 yil davomida mamlakatda davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining soni 45 foizdan ko‘proqqa qisqardi, bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish esa taxminan 30 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
10:01 / 24.02.2026
“Javobgarlikni hech kim bo‘yniga olmayapti” – Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan 70 dan ortiq bola shifoxonada qolmoqda
10:11 / 06.02.2026
O‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar 5+1 dual tizimda oliy ma’lumot oladi
15:44 / 05.02.2026
Maktabgacha ta’limda dual ta’lim asosida bakalavrlar tayyorlanadi
11:28 / 05.02.2026