09:24 / 08.03.2019
22046

«Real»ning yozgi transferlar uchun rejalari ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

«Real» rahbariyati yozda xaridlar orqali kuchaytilishi zarur bo‘lgan pozitsiyalar qisqa ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb xabar bermoqda Marca.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, klub mutasaddilari yozda jamoaga olib kelmoqchi bo‘layotgan futbolchilar darhol yoki kelgusida quyidagi o‘yinchilarning o‘rnini bosishi kerak: Rafael Varan, Alvaro Odriosola, Marko Asensio, Toni Kroos, Isko va Garet Beyl.

«Real»ning 2019 yil yozi uchun transfer maqsadlari quyidagilar:
1. Markaziy himoyachi
2. Chap qanot himoyachisi
3. Ikki nafar yarimhimoyachi
4. Hujumchi

Ushbu xaridlar amalga oshirilishi bilan birga ba'zi futbolchilar shubhasiz jamoani tark etishadi, ammo klub ularni arzonroq narxga qo‘yib yubormoqchi emas. Shuningdek, «Real» tarkibga yosh o‘yinchilarni jalb etishda davom etmoqchi.

Qo‘shimcha qilinishicha, «qirollik klubi» yuqoridagi pozitsiyalar uchun  nomzodlarni tezroq aniqlab olib, yozgi transfer kampaniyasini odatdagidan ertaroq yakunlashni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marselo «Yuventus» bilan bitimini kelishib olgani, Serxio Ramos esa prezident Florentino Peresga klubdan ketishga tayyor ekanini aytgani xabar qilingandi.

Top