Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,2 milliard so‘mlik matolarga imtiyoz olish uchun tuzilgan qing‘ir reja chippakka chiqdi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari “Toshkent-tovar” Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti vakillari bilan hamkorlikda to‘lovlardan bo‘yin tovlash maqsadida boshqa tovar nomi ostida olib kirilgan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yishdi.
Xususan, xorijdan poytaxtimizdagi mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan biriga olib kelingan mahsulotlar saqlanayotgan konteynerlar tekshirilganda, konteynerlarda hujjatda ko‘rsatilmagan boshqa turdagi tovarlar mavjudligi aniqlandi.
Ya'ni konteynerlarda “sintetik kompleks iplardan to‘qilgan gazlamalar” mahsuloti o‘rniga “sintetik tolali matolar” to‘qimachilik mahsulotlari mavjudligi fosh etildi.
Qonunbuzar qiymati 1,2 milliard so‘mdan ortiq, 147 474 metr to‘qimachilik matolarini boshqa nom ostida yashirish yo‘li bilan imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgani fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:01 / 01.05.2026