AQSh bilan imtiyozli savdo rejimining bekor qilinishi Turkiyaga 63 mln dollarga tushadi. bu haqda mamlakat savdo vaziri Ruxsar Pekkan ma'lum qildi, deb yozadi Hurriyet.
«Turkiya qo‘shimcha 63 mln dollar bojxona to‘lovlarini to‘lashiga to‘g‘ri keladi», — degan u.
Gap Qo‘shma Shtatlarning Bosh imtiyozlar tizimi (GSP) doirasida joriy etilgan Turkiya va AQSh o‘rtasidagi maxsus savdo rejimi haqida bormoqda. Mart oyi boshida AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaning iqtisodiy darajasi sezilarli ravishda oshgani uchun mazkur imtiyozlar bekor qilinishini ma'lum qilgandi.
GSP dasturi 1974 yilda joriy etilgan bo‘lib, u iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarga alohida toifadagi mahsulotlarning boj to‘lovisiz olib kirilishini ko‘zda tutadi.







