Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya prezidenti Yevropani «Rossiya agressiyasi»ga qarshi birlashishga chaqirdi
Latviya prezidenti Raymond Veyonis Germaniyadagi Spiegel nashriga bergan intervyusida Yevropa mamlakatlarini «Rossiyani to‘xtatish uchun» birlashishga chaqirdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Moskva keyingi vaqtlarda «o‘z geosiyosiy maqsadlariga erishish» uchun agressiv siyosat yuritmoqda.
«Biz qo‘shni davlatlar hisoblanamiz va umumiy iqtisodiy manfaatlarga egamiz, ammo boshqa tomondan biz diqqatli bo‘lishimiz kerak. Ular tiyilib turishiga ishonchimiz komil bo‘lmog‘i kerak», degan u.
Veyonis Yevropaga birlik zarurligi, aks holda Rossiya qit'adagi davlatlarga hujum qilishi mumkinligini qo‘shimcha qilib o‘tgan va Ukrainani misol qilib keltirgan.
Latviya prezidenti rasmiy Moskva «Latviyadagi rus tilli aholiga kuchli ta'sir ko‘rsatishi» haqidagi fikrlarini bildirib o‘tgan. Uning aytishicha, bunday ta'sirga tushgan kishilar rus maktablari latish maktablariga aylantirilishiga qarshi aksiyalar uyushtirmoqda.
Bundan tashqari, Veyonis «Shimoliy oqim-2» gaz quvuri qurilishini tanqid qilib, buni «geosiyosiy loyiha» deb atagan.
Bundan avvalroq, Latviyadan tashqari Litva va Polsha ham «Shimoliy oqim-2» qurilishiga qarshi chiqishgandi, bu davlatlar loyiha amalga oshirilishiga qarshiliklarini qo‘shma bayonot orqali bildirishgan. Bu davlatlar yetakchilarining fikricha, loyiha siyosiy hisoblanadi. Rossiya bir necha marta gaz quvurini ta'sir doirasini kengaytirish vositasi sifatida qabul qilmaslikka chaqirgan. Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Moskva bu loyihaga faqat iqtisodiy jihatdan yondashadi.
Mavzuga oid
14:24 / 06.01.2026
Boltiq dengizida Litva–Latviya optik kabeli shikastlandi
14:37 / 25.12.2025
Latviya O‘zbekiston bilan logistika va multimodal loyihalarga qiziqmoqda
09:13 / 28.11.2025
Latviya RFga ulangan temiryo‘l uchastkalarini yo‘q qilishni muhokama qilmoqda
11:57 / 13.11.2025