Superligada 1-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
OKMK Olmaliqda «Buxoro» bilan o‘ynadi. Bahsda 0:0 hisobi qayd etildi.
O‘yin davomida har ikkala jamoada gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lsa-da, hisob ochilmay qoldi.
Natijada, Superliga yangi mavsumining uchinchi o‘yini ham durang bilan tugadi. Avvalroq, «Dinamo» - «Nasaf» (1:1) va «Qizilqum» - «Andijon» (1:1) o‘yinlarida ham g‘olib aniqlanmagan edi.
Superliga, 1-tur
9 mart, shanba
Olmaliq
OKMK (Olmaliq) — BUXORO (Buxoro) 0:0


















