Boeing kompaniyasi Ethiopian Airlines aviakompaniyasi samolyoti halokatidan keyin yangi Boeing-777X samolyotining 13 mart kuniga belgilangan taqdimotini bekor qildi. Bu haqda kompaniya vakili xabar berdi. Kompaniya taqdimotni mosroq sanaga köçirişga qaror qilgan.
10 mart ertalab Boeing 737 samolyoti Efiopiyaning Debre-Zeyt şahri yaqinida halokatga uçradi. Samolyotda 157 kişi bölgan. Halok bölganlar orasida 35 ta davlat vakili bor.
“Boeing kompaniyasi Ethiopian Airlines N 302 reysining halokatidan çuqur qayğuda, bizning asosiy vazifa hozir mijozlarimizni qöllab-quvvatlaşdir. Şu voqealar sababli Boeing-777X samolyoti taqdimotini va u bilan boğliq OAVdagi tadbirlarni keyinga qoldiramiz. Biz yaqin istiqbolda dunyoga yangi samolyotimizni taqdim qiliş imkoniyatini izlaymiz”, deb aytgan kompaniya vakili.

















