Bugun, 11 mart kuni Toşkentning «Lokomotiv» klubi OÇL guruh bosqiçining 2-tur öyinini Qatarning «Ar-Rayyan» jamoasi maydonida ötkazadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 20:35da start oladi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
AR-RAYYaN – LOKOMOTIV
Doha. «Jassim bin Hamad» stadioni
Boş hakam: Hiroyuki Kimura
Dohaning bu jamoasi Qatar futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytida «mamlakatning eng maşhur klubi» deb aytiladi. «Şerlar» 8 marotaba Qatar çempioni bölgan (oxirgi marta 2015/16 mavsumida), faqat «As-Sadd»da bundan köproq (13ta) oltin medal bor. Har ikki klub ayni paytda bitta – «Jassim bin Hamad» stadionida uy öyinlarini ötkazmoqda. Qatar terma jamoasi ham öz uçraşuvlarini ötkazadigan bu arena asli «As-Sadd»ga tegişli bölib, «Ar-Rayyan»ning öz stadioni buzib taşlangan – uning örnida JÇ-2022 uçun möljallangan öyingohlardan biri qad rostlamoqda.

Keyingi vaqtlarda «qizil-qoralar»ning işlari yurişmayapti. Jamoa 2019 yil boşidan buyon ötkazgan 7ta öyinida 4 mağlubiyat, 1 durang va 2 ğalabani qayd etdi. Ikki muvaffaqiyatli öyin 5 kun içida bölib ötgan, ulardan ikkinçisi OÇL saralaş pley-offi bölib, unda «Ar-Rayyan» Eronning «Saypa» klubini mağlub etiş evaziga guruh bosqiçiga çiqqandi. Klub şundan keyingi uçta öyinda yirik hisobda yutqazdi, umumiy 1:12 töplar nisbatini qayd etdi.
Natijada «Ar-Rayyan» çempionat yakunlanişiga 4ta tur qolganida jadvalning 4-örniga tuşib qoldi; OÇLda 1-turni ötgan duşanbada Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasi maydonida ötkazib, 1:5 hisobida yutqazdi. Oqibatda oktyabrdan buyon boş murabbiy bölib işlab kelayotgan Bulent Uyğun iste'foga çiqarilib, uning örniga klubning 23 yoşgaça bölgan futbolçilardan iborat jamoasini boşqarib kelgan Jilson Souza tayinlandi. Braziliyalik mutaxassis klubda uzoq vaqtdan buyon işlab keladi, u hatto futbolçi sifatida ham «Ar-Rayyan» şarafini himoya qilgan.













