Ertaga 12 mart kuni Toşkentning «Paxtakor» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2-turi doirasida öz maydonida Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubini qabul qiladi. Bugun har ikki jamoaning murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Anjumanning birinçi qismida «Paxtakor» ustozi Şota Arveladze qatnaşdi.

«Raqibning barça çiziqlari yaxşi şakllangan. Ayniqsa hujum çiziği. Çempionat öyinlarini kuzatsangiz, ular har öyinda kamida ikkita gol urişadi. Raqibimiz safida alohida biror futbolçini ajratib körsatmagan bölardim, ularda jamoa kuçli.

Futbolçilarim jismoniy jihatdan eng yaxşi holatda deb ayta olmayman, lekin öyinga barça futbolçilar tayyor. Jarohati bor yigitlar ham safga qaytişgan.

Javohir Siddiqovning kelişi şubhasiz, jamoamizni kuçaytirdi. U bir neçta çiziqda samarali öynay olişi mumkin bölgan yaxşi futbolçi. Umid qilamanki, biz Javohirning imkoniyatlaridan foydalana olamiz.

Image

Nega men bilan matbuot anjumaniga doim Krimets keladi? Çunki u jamoa sardori, yetakçi. Agar boşqa futbolçini xohlasangiz, mayli keyingi safar boşqa futbolçi bilan kelaman. Xohlasangiz, keyingi safar matbuot anjumaniga uç futbolçi bilan kelaman (kuladi).

«Paxtakor» - «Lokomotiv» öyini nega köçirildi? Bu özbek futboli uçun qabul qilingan qaror. Öyinni men uçun emas, özbek futboli uçun köçirişdi»,- deydi Arveladze.

Eslatib ötamiz, «Paxtakor» - «Al Ahli» öyini ertaga, 12 mart kuni soat 18:00da «Paxtakor» stadionida boşlanadi.