Maşhur gollandiyalik mutaxassis Lui Van Gaal murabbiylikka qaytmasligini aytdi.
«Murabbiylikni töxtataman. Xotinim 22 yil burun menga butun dunyo böylab hamrohlik qiliş maqsadida işdan qolgan edi. Men unga 55 yoşda nafaqaga çiqişimni aytdim. Hozir 65 yoşga kirdim. Boşqa işlay olmayman.
Xotinim ham men bilan birga yaşaş huquqiga ega. Hozir u juda baxtiyor», – deb Van Gaal sözlarini keltirmoqda AS.
Mutaxassis faoliyati davomida «Ayaks», «Barselona», Gollandiya terma jamoasi, «AZ Alkmaar», «Bavariya» va «Mançester Yunayted»ni boşqargan. U 2016 yil yozidan beri işsiz yuribdi.

















