«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Lui van Gaal APLning 36-turida «Lester»ga qarşi keçgan va 1:1 hisobidagi durang hisob bilan yakunlangan öyindan keyingi fikrlarini bildirib ötdi.
«Öylaymanki, bugun biz mavsumdagi eng yaxşi öyinlarimizdan birini yoki eng yaxşisini ötkazdik. Lekin ğalaba golini ursak yanayam yaxşiroq bölardi. Albatta, qaçonki ketma-ket ğalabalarga erişmasang, turnirni kuçli törtlikda yakunlaş qiyin iş. Lekin bu turda «Mançester Siti» öz öyinini «Sauthempton»ga qarşi safarda ötkazadi va bizda kuçli törtlikka kiriş uçun imkoniyat saqlanib qolmoqda.
«Lester» APL çempioni bölişga haqli öyinlar namoyiş qildi, ammo hali «Tottenhem»da ham omadga erişiş uçun imkoniyatlar saqlanib qolingan. Bu jamoa «MYu»ga qarşi öyinlarda hammadan köp oçko jamğardi.
Bugungi öyin hakam uçun oğir keçdi, Xut va Fellayni örtasida nima böldi? Bu penalti emasmidi? Soçlaringi oğritib tortişganda albatta norozi bölasanda», — deya van Gaalning sözlarini keltiradi BBC Sport.
















