Niderlandiyalik mutaxassis Lui van Gaal "Mançester Yunayted" jamoasi boşqaruvidan ketadigan bölsa, jamoa rahbariyati unga 5 million funt miqdoridagi mablağni kompensatsiya sifatida tölaydi. Bu haqda The Times naşri xabar yozgan.
Tomonlarning 2014 yilning mayida imzolagan kelişuviga köra, murabbiyning yillik maoşi miqdori 8 million funt etib belgilangan. Kelişuvga köra, 64 yoşli murabbiy muddatidan oldin işdan böşatilsa, yillik iş haqining 66 foizini olişi körsatilgan, bu esa 5 million funtdan ortiqroqni taşkil etadi.
Bundan oldin "Mançester Yunayted" rahbariyati jamoa körsatayotgan natijalardan noroziligi aytilgan, bir qator naşrlarda doimiy ravişda van Gaalning mavsum yakunida iste'foga çiqarilib, uning örniga portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino olib kelinişi haqida xabarlar berilgandi.
Van Gaal "Mançester Yunayted" boşqaruviga 2014 yilning mayida kelgan. 2014/15 yilgi mavsumda jamoa Angliya çempionatida törtinçi örinni egalladi. Joriy mavsumda esa "Mançester Yunayted" 35 turda 60 oçko töplab, turnir jadvalining 5-poğonasini egallab turibdi.















