Toşkent viloyati «Ğiştköprik» çegara bojxona postida 43,7 million söm qiymatdagi «golland» atirgullarini çegaradan noqonuniy olib ötişga uringan şaxs foş etildi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
«Özining Lacetti, Şevrolet Lacetti rusumli avtotransport vositalarini boşqarib, Özbekistonga kirib kelgan fuqarolar I.M. va A.A.ning avtotransport vositalari belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazildi.
Natijada, mazkur fuqarolarning yölovçi bojxona deklaratsiyalarida yozib körsatmasdan hamda oğzaki sörovda ma'lum qilmasdan, qiymati 43 750 000 sömlik 875 dona har xil rangdagi «Gollandiya» navidagi atirgullarini respublikamizga olib kirayotgani foş qilindi», — deya ma'lum qilinadi qömita axborotida.

Şuningdek, uşbu çegara post xodimlari tomonidan fuqaro X.M. xolislar iştirokida şaxsiy körikdan ötkazilganida, yölovçi bojxona deklaratsiyasida yozib körsatilmagan va oğzaki sörovda aytilmagan, jami oğirligi 183 gramm bölgan oq metalldan yasalgan, qiymati 5 490 000 sömlik 46 dona uzuk, 48 dona kulon, 6 dona zanjir va 1 dona bilakuzuk zargarlik buyumlarini qöşni davlatdan yaşirib olib kelayotgani aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi qonunlari bilan fuqarolar öz ehtiyojlari uçun 65 grammgaça zargarlik buyumlarini olib kirişga ruxsat etiladi.
















