8–13 aprel kunlari Toşkentda uçinçi ADWEEK marketing va reklama haftaligi ötkaziladi. Bu yilgi haftalik konsepsiyasida sezilarli özgarişlar röy berdi.

Birinçidan, tarmoq tadbirlari kölami kengaydi: ADWEEK doirasida bir vaqtda ikkita – marketing va reklama sohasida xalqaro konferensiyalar ötkaziladi.

Ularda qatnaşiş uçun Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va Qirğizistondan xalqaro miqyosdagi eng yaxşi amaliyotçi-ekspertlar taklif etilgan. Xorijiy mutaxassislarni saralaş marketing sohasidagi mahalliy ekspertlar fikrlarini, ma'ruzalar mavzularining yangiligi va dolzarbligini hisobga olgan holda amalga oşirildi. Bunga, köp jihatdan, biznes-treninglar va seminarlar taşkil qiluvçi kompaniyalar qöllab-quvvatlaşi evaziga erişildi.

8–9 apreldagi marketing konferensiyasida quyidagilar ma'ruza qiladi: Andrey Sebrant – Yandeks strategik marketing böyiça direktori, Andrey Fedoriv – Ukrainadagi birinçi raqamli marketolog, Fedoriv brending agentligi asosçisi, Ilya Balaxnin – rossiyalik birinçi raqamli amaliyotçi-marketolog, Paper Planes Consulting Agency boş direktori va boşqaruvçi şerigi, Vladislav Bermuda – Rossiyadagi kross-marketing böyiça birinçi raqamli ekspert, Dmitriy Sidorin – Sidorin Lab şa'n boşqaruvi böyiça birinçi raqamli agentlik asosçisi va rahbari, Aleksey Şpiko – IMZO kompaniyasi boş direktorining rivojlaniş böyiça örinbosari, Asxat Uskembayev – AZ Qozoğiston amaliy reklama maktabi asosçisi, şuningdek marketing sohasining boşqa «yulduz»lari.

«Şu kunlarda, uçinçi ADWEEK haftaligiga tayyorgarlik davomidayoq «birinçi» va «eng yaxşi» iboralari tez-tez yangramoqda. Bu yilgi maqsadimiz – tadbirni barça iştirokçilar uçun maksimal darajada samarali ötkaziş. Toki bu samara nafaqat ularning öz bizneslari rivojida, balki butun marketing tarmoği taraqqiyotida ham aks etsin. Şu sababli, birinçi bor katta amaliy tajribaga ega xorijiy mutaxassislarni taklif etişga urğu berdik.  Barça ma'ruzalar betakror böladi. Konferensiyaga kelgan har bir kişi ikki kun içida marketingning turli yönalişlari böyiça aniq bilimlarga boyibgina qolmay, şu yerdayoq «özida sinab körişi» mumkin böladi. ADWEEK bu yil ham marketing va reklama sohasidagi asosiy ta'limiy va kommunikatsion maydon bölib qoladi», - deb ta'kidladi haftalik taşkilotçisi, «Milliy marketing markazi» korxonalar assotsiatsiyasi boşqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.