2 mart kuni 2017 yilning 5 oktabridan 2018 yilning 31 yanvarigaça bölib ötgan ADWEEK reklama Tanlovi ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosimi ötkazildi. Özbekiston, Qozoğiston va Rossiyaning reklama sohasi vakillaridan iborat 7 nafar hakamlar hay'ati 11 ta toifadagi eng yaxşi nomzodlarni tanlab oldi. Yilning eng yaxşi PR-loyihasi sifatida mobil aloqa operatorlari tayanç stansiyalari signalining oqim ziçligini Soğliqni saqlaş vazirligining standartlarini modernizatsiya qiliş böyiça kampaniya e'tirof etildi.
Uyali aloqa operatorlarining tayanç stansiyalari uçun sanitariya qoidalarini özgartiriş töğrisidagi taşabbus bilan Beeline yil boşida çiqgan edi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş Vazirligining kömagida 23 mln. abonentga mobil aloqa xizmatlarining sifatini yaxşilaş va eskirgan standartlarni özgartiriş orqali tarmoqlar qamrovini kengaytiriş loyihasi jamoatçilik muhokamasi taşkil etilgan edi. Özbekistonda uyali antennalarning elektromagnit nurlaniş darajasiga oid sanitariya qoidalari va normalari dunyodagi eng qat'iy hisoblanadi: 2,5 mkVt/sm². Taqqoslaş uçun: Rossiyada bu körsatkiç 4 barobarga yuqori - 10 mVt/sm², Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 40 barobarga yuqori - 100 mVt/sm² ga qadar, Isroilda esa 400 mVt/ sm². 10, 100 va 400 mVt/cm2 ham mutlaqo xavfsiz parametrlar ekanligi tuşunarli.

«Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2006 va 2011 yillarda çiqargan bayonotlariga köra, jahon mobil aloqa operatorlarining tayanç stansiyalari tomonidan inson salomatligiga zarar etkazilganining bir dona misoli ham qayd etilmagan. Şuni ta'kidlaş kerakki, tayanç stansiyalarining oqim ziçligi darajasining oşişi, avvalambor, aholi punktlari, şuningdek, avtomobillar va temir yöllari ötgan hududlarda uyali aloqa xizmatlarini taqdim etiş uçun amalga oşiriladi. Faqat 2017 yilda mamlakat böylab mobil aloqa operatorlarining 1843 tayanç stansiyalari örnatilgan. Şunday qilib, bugungi kunda butun respublika böylab 20 mingdan ortiq tayanç stansiyalari örnatilgan. Joriy yilda yana 4000ta baza stansiyalari örnatilişi rejalaştirilgan, bu mamlakatning mobil aloqa hududlarini qamrab oliş darajasini sezilarli darajada oşiradi va har joyda sifatini yaxşilaydi», - dedi Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Axmedxadjayev Azim.


















