Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy tarmoqda hokimga tuhmat qilgan shaxs 1 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etildi
Xorazm viloyatida tuman hokimiga tuhmat qilgani va firibgarligi uchun fuqaro Q.S. 1 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tumani sudi raisi Maqsudbek Qilichev ma'lumot bergan.
Oliy sud axborot xizmati xabariga ko‘ra, Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan Q.S. tarmoqqa video murojaatini joylagan. U tuman hokimini davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan til biriktirib, uni va akasi E.S.ni noqonuniy dalillar to‘platib qamatib yuborganini iddao qilgan.
«Videoda fermer xo‘jaligi yer maydonlarini noqonuniy tortib olib, pora evaziga boshqa bir fuqaroga berib yuborgani aytilgan. Uning so‘zlariga qaraganda, tuman hokimi 15-20 gektar yerni 5-10 ming AQSh dollaridan sotib yuborgan», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Q.S.ning firibgarlik bilan ham shug‘ullangani, ikki nafar xodimining ish haqini bermay kelgani haqida ma'lumot berildi.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026