Toşkentning «Paxtakor» klubi Osiyo Çempionlar Ligasidagi ilk ğalabasini qölga kiritdi. Poytaxtliklar guruh bosqiçining 2-turidan örin olgan «Al Ahli»ga qarşi öyinda 1:0 hisobida ğalaba qozondi.

Marat Bikmayev 62-daqiqada jarima zarbasi vaqtida amalga oşirilgan kombinatsiyani kuçli va aniq zarbasi bilan golga aylantirdi. Şu tariqa «Paxtakor» özining töliq ustunligida ötgan öyinda ğalaba qozonib, guruh yetakçiligini qölga oldi.

OÇL-2019. 2-tur

«Paxtakor» - «Al Ahli»1:0

Gol: Marat Bikmayev (62).

«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimets, Şerzod A'zamov, Hojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullayev (Marko Simiç, 90+3), Odil Hamrobekov, Dragan Çeran, Jaloliddin Maşaripov, Doston Hamdamov (Javohir Siddiqov, 80), Marat Bikmayev (Igor Sergeyev, 89).

Al Ahli: Muhammad Al Ovays, Said Muvallad, Paulo Diaz, Hussayn Sulaymoni, Abdulbosit Hindi, Aderlan Santos, Hussayn Moqahvi (Umar Siroj, 89), Nuh Ibrohim, Salmon Muvaşar (Abdulrahmon Ğarib, 77), Muhannad Asiri (Xorxe Semedo, 65), Umar As Soma.