YeI davlatlari vazirlari «soliq gavanlari» röyxatiga 10 yurisdiksiyani qöşdi, deyiladi Yevrokomissiya xabarida. Bugungi kunga qadar ofşorlar qora röyxatiga Amerika Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago, Amerika Virgin orollari kirardi. Endilikda bu röyxatga Aruba, Barbados, Beliz, Bermud orollari, Vanuatu, Dominikan Respublikasi, Marşall orollari, BAA, Ummon va Fiji ham kiritildi.
Yevrokomissiya 2018 yilda 92 davlatdagi soliq şaffofligini baholadi. Bu davlatlarning aksariyati qonunçilikka özgartirişlar kiritgan. Endilikda ularning soliq tizimlari xalqaro standartlarga javob beradi, deyiladi xabarda. Amerika Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago hamda Virgin orollari 2017 yilda röyxat tuzilganidan buyon soliq tizimiga heç qanday özgartiriş kiritmagan. Röyxatga kiritilgan qolgan davlatlar esa soliq sohasida özgarişlar qiliş majburiyatini olgan, ammo majburiyatlarini bajarişmagan.
YeI qonunçiligi soliq tölaşdan qoçiş imkonini beradigan mamlakatlar va hududlarni ofşorlar röyxatiga kiritadi. Ofşor hududlar rezidentlari Yevropa regulyatorlari tomonidan kuçaytirilgan moliyaviy tekşiruvdan ötadi.

















