Og‘ir atletika. Tursunoy Jabborova JChda oltin medalni qo‘lga kiritdi
Las-Vegasda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi JChda vakillarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz vakili oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qizlar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko‘tarish mashqida 96 kg natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Vakilamiz siltab ko‘tarishda 118 kg va ikki kurashda 214 kg bilan yakunda kumush medallarga ega chiqdi.
Og‘ir atletika. O‘smirlar o‘rtasida JCh. Las-Vegas, AQSh
Qizlar, -81 kg:
1. Olga Pastuxova (Qozog‘iston) – 215 kg
2. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 214 kg
3. Motoka Nakajima (Yaponiya) – 195 kg
Bundan oldin, Kumushxon Fayzullayeva og‘ir atletika bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgandi.
Mavzuga oid
20:45 / 15.03.2024
Erkaklar va ayollar o‘rtasida mahalla futbol terma jamoalari tuziladi
08:53 / 07.12.2023
Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazi tashkil etiladi
15:23 / 04.12.2023
Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
13:16 / 13.05.2023