O‘zbek qizi og‘ir atletika bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Foto: MOQ
Las-Vegas shahrida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni ham terma jamoamiz uchun yanada omadli yakun topdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qizlar o‘rtasida -64 kilogramm vazn toifasida supachaga chiqqan Kumushxon Fayzullayeva musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritibgina qolmasdan, o‘smirlar o‘rtasida jahon rekordlarini ham o‘rnatdi.
Vakilamiz dast ko‘tarish mashqida 93 kg, siltab ko‘tarish mashqida esa 122 kg natija qayd etdi. Ikki kurashda 215 kilogramm jamg‘ara olgan sportchimiz ushbu vazn toifasining siltab ko‘tarish va ikki kurash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon rekordlarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘smirlar o‘rtasida JCh. Las-Vegas, AQSh
Qizlar, 64 kg
1. Kumushxon Fayzullayeva (O‘zbekiston) – 225 kg (jahon rekordi)
2. Keysi Roxas (Meksika) – 195 kg
3. Mixaela Iliye (Ruminiya) – 190 kg
Kumushxon Fayzullayeva yozda poytaxt mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchib, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi qizlar orasida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritgan sportchiga aylangan. Shuningdek, 2018 yil oktabr oyida Argentinada o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasida ham unga teng keladigani topilmagan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 19:47
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 19:32
-
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi
Jahon | 19:29
-
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi
Jahon | 18:41
Mavzuga oid

16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

20:45 / 15.03.2024
Erkaklar va ayollar o‘rtasida mahalla futbol terma jamoalari tuziladi

08:53 / 07.12.2023
Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazi tashkil etiladi

15:23 / 04.12.2023