«Alpari» kompaniyasining analitika departamenti rahbari, iqtisodçi Aleksandr Razuvayev Moskvaning «Spartak» klubini sotib yuborilişi haqidagi öz fikrlarini aytdi.
«Spartak» klubiga yangi boş murabbiy Oleg Kononov tayinlanganida, rahbariyat uning oldiga Yevropa Ligasi pley-offiga çiqiş, Rossiya Kubogida ğalaba qozoniş va Çempionlar Ligasi yöllanmasini qölga kiritiş vazifasini qöydi. Bahor oylarining boşiga dastlabki ikki vazifa muvaffaqiyatli tarzda barbod qilindi. Agar uçinçi vazifa ham bajarilmasa, nafaqat Kononov, balki butun rahbariyat iste'foga çiqadi. «Spartak» xöjayini Leonid Fedun esa bundan bezor bölib, klubni sotib yuborişga qaror qilgan.
Katta ehtimol bilan Alişer Usmonov «Spartak»ning yangi xöjayini bölişi mumkin. Avvalroq u «Arsenal» aksiyalariga egalik qilgan edi. Fedun öz klubini 1 milliard yevroga baholayapti, bu qiymat Usmonovni töliq qoniqtiradi.
Ammo, «Spartak»ni qölga kiritiş uçun kuraş ketişi va Usmonovning raqobatçilari köproq pul taklif qilişi ham mumkin. «Alfa» kompaniyasining aksiyadorlaridan biri Pyotr Aven köpdan beri klubga qiziqiş bildirmoqda.
Ötgan yili kuzda Saudiya Arabistoni taxti vorisi Muhammad ibn Salmon Ol Saud, şuningdek qozoğistonlik investor «Spartak» bilan qiziqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bir neça xaridorning mavjudligi Fedunga qöl kelişi va u klubni qimmatroqqa sotişi mumkin», - deb yozdi Razuvayev.

















