Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dilyor Hakimov Niderlandiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi elchisi (qarorgohi Bryussel shahrida) Dilyor Hakimov Niderlandiya qiroli Uilliam-Aleksandrga ishonch yorliqlarini topshirdi.
TIV xabariga ko‘ra, marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
Niderlandiya qiroli O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘z hurmatini izhor etar ekan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholadi, deyiladi xabarda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini faollashtirish, Orol dengizi qurishi oqibatlarini kamaytirish hamda Afg‘onistonda tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlari ta'kidlandi.
Niderlandiya rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, xususan, qishloq xo‘jaligi, suv resurslaridan samarali foydalanish, ilg‘or texnologiyalar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta'kidlagan.
Qirol Uilliam-Aleksandr Gollandiya kompaniyalarining O‘zbekistonga ikkinchi savdo missiyasini tashkil etilishini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi aloqalar o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta'kidladi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
14:22 / 09.05.2026
Fashistlar rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek
18:15 / 07.05.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Niderlandiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:07 / 05.05.2026
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
12:07 / 23.04.2026