KXDR taşqi işlar vaziri örinbosari Tsoy Son Xining Pxenyandagi matbuot anjumanida ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreya Koreya yarim orolining yadrosizlanişi böyiça Qöşma Ştatlar bilan muzokaralarni töxtatiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
Vazir örinbosari ta'kidlaşiça, KXDR Vetnamning Xanoy şahrida Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In bilan uçraşuvda AQŞ prezidenti Donald Tramp talab qilgan şartlarga könişni xohlamayapti.
«Bizda [AQŞ bilan] bunday turdagi muzokaralarni olib boriş istagi yöq», - dedi Tsoy Son Xi.
Uning qöşimça qilişiça, yaqin vaqt içida AQŞ bilan muzokaralar taqdiri haqidagi yakuniy qaror Kim Çen In tomonidan qabul qilinadi.
Bundan oldin, Janubiy Koreya KXDRdagi vaziyat böyiça bayonot bergandi.
Janubiy Koreya Ştablar boşliqlari birlaşgan qömitasi vakili Kim Çun Rakning sözlariga köra, Seul va Vaşington KXDRda raketalar işlab çiqiş bilan boğliq tendensiyalarni diqqatlik bilan kuzatmoqda.

















