Bangladeşda 43 ming gektar maydonga paxta ekiladi. 2017 yilda paxta maydonlaridan 28 ming tonna paxta hosili olingan, xolos. Şunga qaramay, uşbu mamlakat töqimaçilik sanoati böyiça jahondagi yetakçi davlatlar qatorida turadi.

Mamlakatdagi töqimaçilik kompaniyalari asosan import paxta evaziga öz biznesini olib boradi. Bangladeş bankining 2017 yilgi ma'lumotlariga köra, mamlakatga import qilinadigan umumiy paxtaning 16 foiz qismi Özbekiston hissasiga töğri keladi.

Kun.uz muxbiri kiyim-keçak eksporti sohasida köp yillik tajribaga ega bangladeşlik mutaxassis Mehdi Mahbub bilan iqtisodiyot, töqimaçilik sanoati, tadbirkorlik va marketing masalalari böyiça suhbatlaşdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Özbekiston imkoniyatlar va manbalarga boy mamlakat. Sizga köp narsa in'om etilgan. Odamlar Özbekiston dengizga çiqa olmaydigan davlat deyişi mumkin, lekin hozir texnologiyalar va muloqot davri. Agar sizda aniq reja bölsa, turli maşaqqatlar öz vaqti bilan hal bölib ketadi. Sizda sanoatingizni rivojlantirişga kuçli xohiş bor. Özbekiston jahon sifati darajasidagi paxta işlab çiqaradi.
Bangladeş esa Hindiston, Pokiston, Özbekiston, hatto Avstraliya va AQŞdan paxta sotib oladi. Bangladeşda kiyim-keçak sanoati 1978 yildan buyon - 40 yildan oşiq vaqt davomida muvaffaqiyatli rivojlanib kelmoqda. Biz jarayonning boşida – 1978 yilda 12 ming dollarlik mahsulotni eksport qilganmiz, xolos. Bugun bu mablağ 32 milliard dollarni taşkil etsa, rejamizga köra, eksport hajmini 50 milliard dollarga çiqariş niyatimiz ham yöq emas.
Özbekiston esa öz paxtasidan, bu serdaromad sohadan unumli foydalanmayotganiga hayronman.
Bangladeş muvaffaqiyati siriga töxtalsak, bu daxldorlik hissi, taşabbusda deb öylayman. Şuningdek, Bangladeş hukumatining moliyaviy siyosati doirasida xususiy sektorning qöllab-quvvatlanişi vaziyatni özgartirib yuborgan», deydi Mehdi Mahbub paxta eksporti va Bangladeşning töqimaçilik sohasidagi muvaffaqiyati töğrisidagi savolga javoban.













