Xayriya ezgu amal ekanligi isbot talab qilmas haqiqat. Barça dinlarda, hamma jamiyatlarda muhtojlarga kömak beruvçilar olqişlanadi. Dunyoda şunday saxiy insonlar, hamma taniydigan metsenatlar borki, ular qilgan xayriya mablağlari çindan ham hayratlantiradi, boşqalarni ham bunday harakatlarga çorlaydi.
Quyidagi röyxatni kuzatarkanmiz bir haqiqatni tan olişga majbur bölamiz: boylar xayriya qilişmaydi, xayriya qilganlar boy bölişadi.
Bill Geyts

Amerikalik biznesmen Bill Geyts nafaqat uzoq yillar milliarderlar reytingini boşqargani bilan, balki ulkan xayriya aksiyalari bilan ham nom qozongan. 20 yil davomida uzluksiz yetakçi milliarder bölgani holda u 2008 yilda Microsoft kompaniyasi boşqaruvini tark etişi va özining asosiy vaqtini xayriya işlariga qaratişini ma'lum qiladi. Bundan oldinroq u öz turmuş örtoği bilan “Bill va Melinda Geyts” xalqaro xayriya jamğarmasiga asos solgan va öz aksiyalari va daromadlarining asosiy qismini şu jamğarma ixtiyoriga ötkazişini ma'lum qilgandi.
Tez orada Bill Geyts öz va'dalarini amalda ham isbotlaydi va 2010 yilda qaşşoq davlatlardagi asosiy muammolarni bartaraf etiş uçun birvarakayiga 10 mlrd dollar ajratadi. Umuman bu jamğarma şu kunga qadar bezgak, OITS, hojatxonalar muammolari, sil kasalligi kabi global muammolarga qarşi 30 mlrd dollardan ortiq mablağ sarflagan.
Şuningdek, bugungi kunda deyarli 100 mlrd dollar egasiga aylangan Bill Geyts öz döstlari bölgan milliarderlarni ham faol xayriyaga çorlaydi.
Uorren Baffet

Yana bir milliarder Uorren Baffet ham özining xayriya işlari bilan maşhur. “Har bir sohadan pul qiladigan korçalon” nomini olgan Baffet xayriyada ham hamma sohalarga sarflayveradi. U öz aksiyalarining 5 foizini turli jamğarmalarga kömak tarzida ajratgan. Uorren Baffet Bill Geytsning yaqin dösti bölib, “Bill va Melinda Geyts” jamğarmasiga öz xayrixohligini bildirgan va boşqa milliarderlarni ham xayriyaga çorlab “Va'da beraman” (ya'ni öz boyligimni xayriyaga sarflaşga va'da beraman) degan taşabbus bilan çiqqan. Uning turli yillardagi umumiy xayriya mablağlari miqdori 25 mlrd dollardan ortadi.
















