Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari miqdori ma'lum qilindi

Foto: REUTERS
2018 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga 4 milliard dollar miqdorida pul jo‘natmalari yuborildi. Bundan Rossiya Markaziy banki ma'lumotlari darak bermoqda. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni (ikkinchi o‘rinda Tojikiston - 2,5 milliard dollar) va barcha mamlakatlar orasida ikkinchi o‘rinni (birinchi Shveytsariya - 9,1 milliard dollar) egallab turibdi.
O‘zbekistonga bir pul jo‘natmasining o‘rtacha miqdori 366 dollarni tashkil etdi. Jami 4 milliard dollardan faqat 1,1 milliard dollar Rossiya Federatsiyasi rezidentlari tomonidan jo‘natildi, qolgan 2,9 mlrd dollar norezidentlar (O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar fuqarolari) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Rossiyaga 2018 yilda O‘zbekistondan deyarli 10 barobar kam pul o‘tkazmasi jo‘natildi - 397 million dollar. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi (Qirg‘iziston, Armaniston va Qozog‘istondan keyin). Rossiyaga bir pul o‘tkazmasining o‘rtacha miqdori 943 dollarni tashkil etdi.
O‘tgan yillar bilan taqqoslaganda, Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari miqdori ortib borayotganini ko‘rish mumkin - 2017 yilda 3,9 milliard dollar, 2016 yilda - 2,7 milliard dollar, 2015 yilda - 3 milliard dollar. Eng katta ko‘rsatkich 2014 yilga to‘g‘ri keldi - 5,6 milliard dollar.
Bundan oldin, Rossiya 4 davlatdan kelgan migrantlar hisobidan aholi sonini oshirmoqchi ekani, ular orasida O‘zbekiston ham borligi xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
Jamiyat | 22:10
-
Isroil tez orada G‘azoga «to‘liq kuch bilan» kiradi – Netanyahu
Jahon | 22:07
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
Jamiyat | 22:06
-
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatiladi
O‘zbekiston | 22:04
Mavzuga oid

08:40
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025