Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durovning ma'lum qilişiça, oxirgi 24 soat içida dasturda 3 mlndan köproq yangi foydalanuvçi röyxatdan ötgan. Odatda messenjerning foydalanuvçilari soni kuniga örtaça 300 mingga, oyiga 9 mlnga köpayadi. Durov yangi foydalanuvçilarni qarşilab, “Bizda haqiqiy maxfiylik va barça uçun çeksiz hudud mavjud” deb aytgan.
Durov bunday ösişning sababini aytmagan, biroq bu 13 mart kuni Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari işlaşida yuz bergan texnik nosozlik bilan boğlangan bölişi mumkin. Öşanda foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqlarga töliq yoki qisman kira olişmagan: Instagram tasmasini yangilab bölmagan, Facebook’da surat yuklab bölmagan va yozişib bölmagan. Instagram 14 mart kuni odatdagidek işlay boşlagan, Facebook’da hali ham muammolar kuzatilmoqda.

















