Bugun Toşkent şahrida “Humo Arena” köp tarmoqli muz saroyining tantanali oçiliş marosimi böldi. 

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, barçani uşbu qutluğ voqea bilan tabrikladi. 

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarda soğlom va barkamol yoş avlodni tarbiyalaş, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirişga alohida ahamiyat qaratilayotganini ta'kidladi. 

– Yurtimizning barça hududlarida, hatto olis tumanlarda zamonaviy va ommabop sport infratuzilmasi yaratilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanuvçilar soni oşib bormoqda. Keyingi ikki yilda Özbekiston sportçilari xalqaro musobaqalarda mingdan ziyod, şu jumladan, 400 dan ortiq oltin medallarni qölga kiritdi, – deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.

Bugungi kunda sportning boks, dzyudo, erkin kuraş, badiiy gimnastika, şaxmat va boşqa turlari böyiça özbek maktablari butun dunyoga ma'lum va maşhur. Mamlakatimiz nufuzli xalqaro turnirlar, xususan, jahon va mintaqa çempionatlarini qabul qilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2030 yilgi yozgi Osiyo öyinlarini Özbekistonda ötkaziş taşabbusi ilgari surilgan.  

– Vatanimiz sportçilari figurali uçiş, xokkey, toğ çanğisi, fristayl, snoubord kabi eng tomoşabop qişki sport turlarida ham munosib iştirok etişlariga intilmoqdamiz. Fristayl böyiça qişki Olimpiya öyinlari va jahon çempionatlaridagi oltin medallar, figurali uçiş böyiça Osiyo öyinlari va boşqa xalqaro musobaqalarda qölga kiritilgan yetmişdan ortiq medal bu boradagi yutuqlarimizdir. Biz uşbu şonli sport an'analarini davom ettirişni burçimiz deb bilamiz, – deya ta'kidladi Prezidentimiz. 

Özbekiston davlat madhiyasi yangrab, mamlakatimiz bayroği baland kötarildi.