Kontinental xokkey ligasida yangi iştirokçi paydo bölişi mumkin - Özbekiston klubi. Bu 2022 yilgi Olimpiya öyinlaridan keyin sodir böladi. Avvaliga, klub Yuqori xokkey ligasi (VXL)da debyut qiladi. Bu haqda KXL vitse-prezidenti Vitaliy Proxorov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Vesti.
«Hozirça bizda Özbekistonda VXL jamoasini taşkil etiş rejalari bor, u kelasi mavsumdayoq ligaga qöşiladi, - deya Proxorovning sözlarini keltirgan Çempionat.com. - Klub tajriba orttirişi kerak, keyinçalik esa - Pekin Olimpiadasidan söng, KXL tarkibiga kirişi mumkin».
Uning bildirişiça, KXLda rivojlaniş strategiyasi mavjud va nazariy jihatdan Markaziy Osiyo divizionida «Kunlun», «Baris», Koreya, Yaponiya hamda Xitoy jamoalari, şuningdek, Uzoq Şarqdan klublar iştirok etişi mumkin.
Bundan oldin, Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahar hokimiga Rossiya xokkeyi yulduzlariga kvartiralar taqdim etiş haqida körsatma bergani xabar qilingandi.












