Mirziyoyev topshirig‘i: Rossiya xokkeyi yulduzlariga Toshkentda kvartiralar beriladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimiga Rossiya xokkeyi yulduzlariga kvartiralar taqdim etish haqida ko‘rsatma berdi, ular respublikada ushbu sport turini rivojlantirishga yordam beradi. Bu haqda davlat rahbari juma kuni Humo Arena muz saroyining ochilish marosimida xabar qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, marosim oldidan xokkeyni rivojlantirishda O‘zbekistonga yordam berishni va'da qilgan rossiyalik afsonaviy xokkeychilar bilan uchrashgan.
«Men hokimga (Toshkent shahri - tahr.) ularga kvartiralar taqdim etishi kerakligi haqida ko‘rsatma berdim. Ular O‘zbekistonga kelganida, o‘zlarini mehmonda emas, balki xuddi uydagidek his etishlari lozim», - dedi prezident. Shavkat Mirziyoyev aniq ism-familiyalarni aytmagan.
Ochilish marosimida olimpiya chempioni Tatyana Navka ishtirok etdi, u o‘zining muz ustidagi «SHCHelkunchik» shousini taqdim etdi. Shuningdek, arenada o‘zbekistonlik yosh xokkeychilarning rasmiy o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ular «Binokor» xokkey klubi faxriylari va Rossiya xokkeyi afsonalari - Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov, Aleksey Jamnov, Pavel Bure hamda Valeriy Kamenskiyga qarshi shayba surishdi.
Humo Arena muz saroyining qurilishi 2017 yil fevral oyida boshlandi. Zamonaviy muhandislik texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan “Humo Arena” majmuasidan 12,5 ming o‘rinli ko‘p tarmoqli muz arenasi, 200 o‘rinli mashg‘ulotlar maydoni, trenajyor zali, sport muzeyi va ko‘plab boshqa obektlar o‘rin olgan.
Har biri 60x30 metr o‘lchamdagi asosiy va mashq maydonlari musobaqalarni xalqaro talablar darajasida o‘tkazish, yoshlarni sport bilan shug‘ullantirish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Mobil o‘rindiqlar sport musobaqalaridan bo‘sh paytda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ham moslasha oladi.
Bu yerda xokkey, short-trek, figurali uchish, kyorling bilan birga basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa turdagi bellashuvlar o‘tkazish mumkin. Bundan tashqari, bayram tadbirlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish uchun ham sharoit yaratilgan.
Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev «Humo Arena» muz saroyining ochilish marosimida ishtirok etgani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
-
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
Iqtisodiyot | 22:41 / 24.05.2025
Mavzuga oid

12:37 / 10.03.2025
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi

12:29 / 10.03.2025
Kvartirasida yolg‘iz vafot etayotgan keksalar – ularni kim topib oladi?

08:50 / 31.05.2024
Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi

18:34 / 29.05.2024