Fransiyaning Stanley Robotics kompaniyasi Lion aeroportida yölovçilarning parvoz kuni maşinasini avtoturargohga qöyib, ularni yölovçi qaytadigan kun qoldirilgan joyiga qaytaruvçi maxsus parkovkaçi robotlarni sinovdan ötkaza boşladi.
The Verge naşrining yozişiça, tizim quyidagiça işlaydi: aeroportga öz maşinasida kelgan yölovçi maşinasini boş avtoturargohga kiriş joyidagi maxsus garajda qoldiradi. Tizim mobil dastur yordamida maşinaning markasi va modelini aniqlaydi. Şundan keyin garaj yoniga Stan deb nomlangan robot kelib, maşina ostiga yuklovçi platformani kiritib, maşinani kötarib, uni avtoturargohda joylaştiradi. Maşina egasi qaytişidan oldin robot avtomobilni qoldirilgan garajda hozirlaydi.
Kompaniyada ta'kidlanişiça, robotlarni qöllaş joyni tejaşga imkon beradi: robotlar haydovçilarga qaraganda muayyan hududda 1,5 marta köproq maşinani joylaştira oladi. Bu parkovkalaş usuli va tizim maşina egasi qaçon qaytişini bilişi va şundan foydalanib atoturargohda avtomobillarni ratsional joylaştira olişi evaziga yuz beradi. Kompaniya tomonidan aeroportda qöllanayotgan 4 ta robot umumiy hisobda kuniga 200 ta maşinaga xizmat körsata oladi.
Bu kompaniya uçun ilk sinov emas: avvalroq kompaniya öz robotlarini Dyusseldorf va Parij aeroportlarida sinovdan ötkazgan. Biroq Liondagi sinovlar bu yerda tizim uzzukun işlaşi, biroq hozirça bir neça ming maşina qöyiş joyidan 500 tasinigina qamrab olişi bilan farqlanadi.

















