Yangi Zelandiya boş vaziri Jasinda Ardern 15 mart kuni Kraystçerç şaharçasida sodir etilgan teraktdan 9 daqiqa oldin terrorçidan xat olgan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Manbada aytilişiça, boş vazir kanselyariyasi otişma boşlanişidan 9 daqiqa avval elektron poçta orqali terrorçi Brendon Tarrantdan xat olgan.
«Unda joy nomi yoki biror aniq detal haqida söz bormagan», deya boş vazirning sözlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.
Ardern xonimning aytişiça, bu xat kelganidan ikki daqiqa ötib xavfsizlik organlari xatning mazmunidan ogohlantirilgan. Tarrant xatni nafaqat boş vazirga, balki yana 30ta elektron manzil böylab yuborgan.
15 mart kuni Brendon Tarrant Yangi Zelandiyaning Kraystçerç şahridagi masjidlardan biriga bostirib kirib, 17 daqiqa davomida odamlarga qarata öq uzgan va buni Facebook orqali jonli translatsiya qilgandi. Terakt oqibatida 50 kişi halok bölgan,önlab kişilar yaralangan.

















