Samarqand viloyatining Jomboy tumanida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan xalqaro ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa tashkillashtirilgan Jomboydagi bu soylik chavandozlar o‘rtasida “General maydon” nomi bilan mashhur.
Viloyat hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur ko‘pkari musobaqalarida respublikamizning turli viloyatlari, shuningdek, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istondan kelgan 500 dan ziyod chavandoz polvonlar ishtirok etishdi.



Maskanga o‘tovlar tikildi. Minglab odamlarga issiq taom va ichimliklar sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Tomoshabinlarning avtomobillari uchun juda keng maydonda avtoturargoh tayyorlanib, YPX inspektorlari navbatchiligi tashkil etildi. Milliy gvardiya va viloyat IIB PPX xodimlari esa qariyb 3 gektarlik maydon bo‘ylab tomoshabinlarning xavfsizligini ta'minlab turishdi. Maydon changimasligi uchun suv sepib turildi.





O‘n minglab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida kechgan xalqaro ko‘pkari musobaqasining yakkalik kurashlarida ikki marra o‘rtasida borish va qaytish uchun alohida 32 marta solim solindi.




































