Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, avtoralli Qo‘mita tomonidan O‘zbekistonda jahon brendlari shinalarini sotish bo‘yicha dilerlik kompaniyasi hisoblangan Gold Grand Group MChJ bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Nomad-Rally 2019 doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab avtomobil sayohatlari uyushtiriladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston turistik salohiyati haqida hujjatli film tasvirga olish rejalashtirilmoqda.

Ta'kidlash joizki, Nomad-Rally 2019 tadbirini o‘tkazish tashabbusi Qozog‘iston tomonga tegishli.