Amerikaning Kaliforniya shtatida politsiya Peru sobiq prezidenti Alexandro Toledoni qo‘lga oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Toledo San-Mateo okrugidagi restoranlardan birida ichkilikbozlik holati uchun ushlangan.

Ta'kidlanishicha, huquq-tartibot organlari vakillari Toledo Peruda korrupsiya ayblovi bilan qidiruvga berilgani haqida avvaldan bilishgan.

Shu bilan birga, Toledo o‘zining qo‘lga olinishini siyosiy raqiblarining «fitnasi», deb atadi.

Bundan oldin, Peruning sobiq prezidenti Fuximori yana qamoqqa qaytarilayotgani xabar qilingandi.