Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qilişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilingani xabar berilgandi.

Qarorga köra, transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça onlayn yagona axborot tizimi joriy etiladi.

Majburiy suğurta böyiça yangi namunadagi suğurta polislari amalga kiritiladi. Ilgari berilgan suğurta polislari amal qiliş muddati tugagunça öz kuçini saqlab qoladi.

Majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta puli oşirilib, 40 mln. söm miqdorda belgilandi. Ya'ni, yöl-transport hodisasi natijasida yetkazilgan zarar uçun tölanadigan suğurta tovoni şu summadan oşmaydi. Ilgari bu summa 12 mln. sömni taşkil qilgan.

Suğurta qildiriş uçun işonçnoma yoxud uşbu transportga egalik huquqini tasdiqlovçi boşqa hujjatni taqdim etiş böyiça talab ham bekor qilindi.

Şuningdek, zarur ma'lumotlar yagona axborot tizimida mavjud bölganida suğurtalovçi hujjatlarni (pasport, transport vositasining texnik pasporti, haydovçilik guvohnomalarini) talab qilmasdan suğurta qilişi mumkin.

Mazkur qaror 3 oydan keyin kuçga kiradi.