Forbes-Rossiya naşri eng yuqori daromadga ega rossiyalik milliarderlar röyxatini e'lon qildi.
Milliarderlar reytingidan farqli ölaroq, bunda faqat aktivlarni sotiş yoki dividendlar şaklida olingan real pullar hisobga olinadi. Şaxsiy mulkni sotiş böyiça kelişuvlar hisobga olinmagan. Baholanayotgan daromad - bu yalpi daromad yoki gross daromad. Soliqlar stavkasida qarama-qarşiliklar yoki tuşunarsizlikka yöl qöymaslik uçun soliqlar, kreditlarga xizmat körsatiş xarajatlari va turli komissiyalar hisobga olinmagan.
Alişer Usmonov 1,1 milliard dollar daromad bilan 5-örinni egalladi. Pullar «Metalloinvest» dividendlarini tölaş va Londonning «Arsenal» futbol klubidagi uluşni sotib yuboriş natijasida olingan.
Londonning «Arsenal» klubidagi uluşni sotişi tufayli Alişer Usmonov eng boy biznesmenlar reytingida öninçi örindan beşinçi öringa kötarildi, deya ta'kidlaydi Forbes.
Ötgan yilda bölgani kabi, daromadlarning sezilarli uluşi «Metalloinvest» dividendlari hisobidan yuzaga keldi.
Birinçi örinni 2,4 milliard dollar daromad bilan Sergey Galitskiy egalladi. U «Magnit» reteylerining 29 foiz aksiyalarini sotib yuborgan.

Foto: Yevgeniy Dudin/Forbes
Bundan oldin, Alişer Usmonovning xoldingi yangi kelişuv böyiça muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.












