Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Rossiya: kibersportni rivojlantirish yangi bosqichga olib chiqiladi
O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi prezidenti Azizbek Pattaxov va Rossiya kompyuter sporti federatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Federatsiya prezidenti Rossiya kompyuter sporti federatsiyasi prezidenti Dmitriy Smit bilan birgalikda kibersportni rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish, dasturiy ta'minot vositalarini ishlab chiqish va hamkorlikda turnirlar tashkil etish to‘g‘risida ikki tomonlama memorandum imzoladi.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida hamkorlik doirasida qilinadigan amaliy ishlar to‘g‘risida ham bir necha takliflar berildi. Har ikki mamlakatning kibersportdagi salohiyatini oshirish va xalqaro maydonlardagi bahslarga birgalikda hozirlik ko‘rish, nafaqat terma jamoa a'zolari, balki, akademiya tarbiyalanuvchilarini xalqaro darajadagi musobaqalarga tayyorlash, ikki tomon kelishuviga ko‘ra, o‘rtoqlik uchrashuvlari va xalqaro turnirlar tashkillashtirish va o‘tkazishda tajriba almashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Nafaqat O‘zbekiston va Rossiyada, balki MDH mamlakatlarida ham kibersport ommaviyligini oshirish va ushbu mamlakatlar o‘rtasida yirik xalqaro musobaqalarni Toshkentda o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Espors O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan ushbu taklifni rossiyalik mutasaddilar ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Muzokaralar jarayonida kibersportni ayollar o‘rtasida ham ommalashtirish va ularni ushbu sport turiga jalb etish bo‘yicha ham kelishuvlar amalga oshirildi.
Shuningdek, dasturiy ta'minot vositalarini yaratish bo‘yicha kibersport o‘yinlarini ishlab chiqish dasturi ham kun tartibiga kiritildi. O‘yinlar yaratish jarayonida rossiyalik dasturchilar bilan tajriba almashish va ushbu o‘yinlarning ommalashuvida Rossiya kompyuter sporti federatsiyasi ham imkon qadar amaliy yordam berishi mumkinligi ta'kidlandi.
Rossiyalik mutaxassis va muhandislarning ulkan tajribasidan foydalanish va o‘zaro fikr almashgan holda, yurtimizda zamonaviy, qulay va kibersport rivoji yo‘lida uzoq yillar xizmat qiluvchi yirik kibersport arenalarini bunyod etish mavzusida ham kelishuvlarga erishildi. Tashrif chog‘ida delegatsiyamiz vakillari MDH mamlakatlari orasida eng muhtasham kibersport arenalaridan biri sanalgan «Yota Arena»da ham bo‘lib, arenaning ish faoliyati, hamda, shart-sharoitlari bilan tanishishdi.
Rossiya kompyuter sporti federatsiyasi prezidenti Dmitriy Smit Rossiyaning hozirda kibersportda qayd etayotgan natijalari ortida bir necha bosqichdan iborat bo‘lgan strategik zinapoyalar bo‘lganligi va shu bosqichlar qay tarzda bosib o‘tganini ta'kidlar ekan, bu borada yurtimiz kibersporti rivoji yo‘lida o‘z yordam va maslahatlarini ayamasligini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026