22 mart kuni Özbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari 2019 yildagi ilk öyinlarini ötkazişadi.

Ektor Kuper qöl ostidagi milliy terma Xitoyning Nanning şahrida ötayotgan «China Cup-2019» xalqaro turniri doirasida Urugvay terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 16:35da boşlanadi.

Urugvayga qarşi öyinni «Sport» telekanali soat 21:00dan boşlab yozib olingan holda efirga uzatadi.

Ektor Kuper: «Jahon çempionati iştirokçilari sonini oşiriş – juda yaxşi ğoya»

Keça mezbon Xitoy termasi Tailand bilan öyinda 0:1 hisobida yutqazdi. Natijada Özbekiston–Urugvay öyini ğolibi finalda Tailandga qarşi öynaydigan böldi. Uçinçi örin uçun bahs va final uçraşuvi 25 martga belgilangan.

Özbekiston olimpiya terma jamoasi esa Lyubinko Druloviç murabbiyligidagi ilk rasmiy uçraşuvini ötkazadi. Osiyo çempionati U-23 saralaşining «F» guruhi bahslari Toşkentda bölib ötadi, ilk uçraşuv Özbekiston va Hindiston olimpiyaçilari örtasida keçadi.

Bahs «Paxtakor» stadionida soat 17:00da boşlanadi. Öyinga kiriş bepul.

Lyubinko Druloviç: «Iloji boriça köproq gol urib, ğalaba qozonmoqçimiz»

Özbekiston OTJ keyingi öyinini 26 martda Tojikistonga qarşi ötkazadi. Undan avval 24 mart kuni tojik va hind olimpiyaçilari özaro öyin ötkazişadi. Guruh ğolibi 2020 yil Tailandda bölib ötadigan Osiyo çempionatiga yöllanmani qölga kiritadi; şuningdek, 11ta guruhda eng yaxşi körsatkiçga ega ikkinçi örin sohiblaridan 4tasi ham final bosqiçiga çiqadi.