Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma'lumot berdi (2019 yil 19 mart holatiga 1 kg. so‘mda).
Qayd etilishicha, mol go‘shtining eng qimmati Toshkent shahridagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da - 45 ming so‘m. Eng arzoni Nukus («Nukus dehqon bozori») va Toshkentda («Mirobod dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori») - bir kilogrammi 28 ming so‘m.
Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkentdagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (48 ming so‘m). Eng arzoni Buxoro shahridagi «Buxoro markaziy dehqon bozori» va Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da (30 ming so‘m).
Kartoshkaning eng qimmati Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da (5000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da (1200 so‘m).
Piyozning eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (2500 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (500 so‘m).
Sabzining eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (4000 so‘m). Eng arzoni Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Farg‘ona shahridagi «Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozori»da (1000 so‘m).
Tuxumning eng qimmati (10 dona) Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (8000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Qo‘yliq dehqon bozori»da (3300 so‘m).
Guruchning eng qimmati Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori», Toshkent shahridagi «Farhod dehqon bozori» «Qo‘yliq dehqon bozori»da (15 000 so‘m). Eng arzoni Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori»da (5000 so‘m).
O‘simlik yog‘ining eng qimmati Andijon shahridagi «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahridagi «Jizzax markaziy dehqon bozori», «Eski shahar dehqon bozori», Qarshi shahridagi «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Samarqand shahridagi «Temiryo‘l dehqon bozori»,«Damariq dehqon bozori», Farg‘ona shahridagi «Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozori», Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (12 500 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Farhod dehqon bozori»da (7600 so‘m).
















