Janubiy Koreyada xorijda sodir etilgan jinoyatlar böyiça qidiruvda bölgan 110 nafar çet el fuqarosi yaşirinib yurgan bölişi mumkin, deya xabar berdi The Korea Times.

Eng köp qidiruv sörovi Xitoy fuqarolariga töğri kelgan - 40 ta. Keyingi örinlarda Özbekiston - 19 ta, Möğuliston - 17 ta va Vetnam - 13 ta. Boşqa holatlarning aksariyati Qozoğiston, Rossiya, Qirğiziston, Tailand va Yaponiya fuqarolari bilan boğliq.

Jinoyat turlari böyiça eng köp holat firibgarlik bilan boğliq - 47 ta. Yana 29 ta holat bolalar va ösmirlarni himoya qiliş töğrisidagi qonunlarni buziş, odam öğirlaş, noqonuniy uşlab turiş va fohişalikka doir boşqa jinoyatlar. Giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyatlar 7 tani, öğrilik, yöl harakati qoidalarini buziş, tan jarohati yetkaziş va bezorilik esa har biri 5 tadan holatni taşkil qiladi. Özbekiston fuqarolari aynan qaysi jinoyatlarda ayblanayotgani nomaʼlum.