1977-1981 yillar davomida AQŞ prezidenti lavozimini egallagan Jimmi Karter AQŞ prezidentlari örtasida uzoq umr köriş böyiça rekordçiga aylandi. 21 mart kuni u 94 yoş 172 kunga töldi.
The Atlanta Journal-Constitution naşrining yozişiça, avvalgi rekord AQŞning 41-prezidenti Jorj Buşga tegişli bölgan. U 2018 yil 30 noyabrda yoşi 94 yil 171 kun bölganda vafot etgandi.
Karter AQŞ prezidentlari örtasida prezident lavozimidan ketgandan keyin eng uzoq yaşaş (38 yil 3 oy) böyiça ham rekordni yangiladi. U AQŞning 39-prezidenti etib saylanganda 52 yoşda bölgan.
AQŞ prezidentlaridan yana beş nafarigina 90 yildan köproq umr körgan, ular: Jon Adams, Gerbert Guver, Ronald Reygan, Jyerald Ford va Katta Jorj Buş. Reygan va Ford 93 yoşda vafot etgan.
Hozirda Karterdan taşqari yana 3 sobiq prezident hayot: 72 yoşli Bill Klinton (1993-2001), 72 yoşli Kiçik Jorj Buş (2001-2009) va 57 yoşli Barak Obama (2009-2017).
Karter 1924 yil 1 oktyabrda Pleyns şahrida tavallud topgan. U AQŞ prezidenti lavozimini 1977 yilda egallagan, 1980 yil noyabrda esa Ronald Reyganga saylovlarda yutqazib qöygan.
Karter Oq uyni 1981 yil 20 yanvarda tark etgaç, Atlantadagi Emori universitetida öqituvçilik qilgan hamda Karter markazi nohukumat taşkilotiga asos solgan.
Karterga 2002 yilda tinçlik uçun Nobel mukofoti topşirilgan. U bu mukofotga xalqaro ixtiloflarning tinç yeçimlarini topiş va demokratiyani ilgari surişdagi sa'y-harakatlarga qöşgan ulkan hissasi uçun loyiq topilgan.

















