Jahon çempionati sovrindori va Osiyo çempioni Elnur Abduraimov bugun, 23 mart kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida taşkil qilingan boks keçasida özining navbatdagi jangini ötkazdi.
Uning Rossiya vakili Dmitriy Xasiyevga qarşi professional ringdagi törtinçi jangi 6 raundga möljallangandi va muddatidan avval nihoyasiga yetdi.
Abduraimov va Xasiyev jangni razvedkalarsiz boşladi, ikkisi ham natija uçun jang qildi. Jangning birinçi raundida Abduraimov birinçi raqam ostida jang qildi, Xasiyev esa qarşi hujumlarda harakatlandi.
Ikkinçi raundda jang tempi yanada ösdi, Elnur Abduraimov uzoq seriyalar qayd eta boşladi va vaziyatlardan birida Xasiyevni nokdaun holatiga tuşirdi. Abduraimov şundan keyin ham pressingni davom ettirib, raqibni burçakka siqib qöydi va uning jigar qismiga kuçli zarba yöllab, jangga nuqta qöydi.
Şu tariqa, Abduraimov professional boksdagi törtinçi jangida ham ustun kelib, ğalabali seriyasini davom ettirdi.
Ma'lumot uçun, havaskor boksda 64 kg vazn toifasida iştirok etgan, «Uzbek Tigers» jamoasi sobiq a'zosi bölgan Elnur Abduraimov 2018 yilning fevralida professional boksga ötgandi.
U ötgan yilning 10 noyabr kunida Rossiyaning Yekaterinburg şahrida RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan professional boks keçasida professional boksdagi uçinçi jangini ötkazib, braziliyalik Aele Meskuitani nokautga uçratgandi.
Xasiyev esa şu vaqtgaça professional ringda 11 marta jang qilib, 8 bor zafar quçgan (2 nokaut), 2 bor durang qayd etgan va 1 marta mağlubiyatga uçragandi.

















