-60kg.gaça vazn toifasida ringga kötarilib kelayotgan Elnur Abduraimov faoliyatini professional boksda davom ettirişga qaror qildi. Bu haqda boksçining özi KUN.UZ muxbiriga ma'lum qilgan.

Boksçining aytişiça, u ertaga AQŞga yöl oladi va u yerda professional boksdagi ilk maşğulotlarini olib boradi.

«Amerikaning Devils Fight Slub promouterlik kompaniyasi bilan kelişuvga erişdik. U yerda menga asli rossiyalik bölgan Maks ismli promouter hamrohlik qiladi. U menga Amerikadagi yangi muhitga moslaşib olişimga, til bilan boğliq muammolarga duç kelmasligimga yordam beradi. Çunki u rusçani biladi va ançadan buyon öşa yerda bölib turibdi. Yangi joyga moslaşişim qiyin keçmaydi degan umiddaman», deya gapirib ötdi Abduraimov.

Osiyo çempioni, jahon çempionati sovrindori bölgan Elnur Abduraimov AQŞga tezda könikib ketişi uçun özbekistonlik boksçilar ham yordam berişini hisobga olganini aytib ötdi. Uning aytişiça, hozirda şartnoma tuzmoqçi bölgan promouterlik kompaniyasida özbekistonlik boksçi ham bor.

«Professional boksda beşta jang ötkazgan Xurşid Normatov ham (Normatov professional boksning super örta vazn (-69kg) toifasida ringga çiqadi. 5 jang, 5 ğalaba, 2 nokaut — KUN.UZ izohi) men şartnoma tuzmoqçi bölayotgan promouterlik kompaniyasi bilan birga işlarkan. Şuningdek -56 kg vazn toifasida ringga çiqadigan Murodjon Ahmadaliyev ham şu kompaniya bilan şartnoma tuzmoqçi. Oğir vaznda ringga çiqadigan Bahodir Jalolovni ham şu klubga olib kelişmoqçi. Bu albatta menga ham adaptatsiya uçun yordam berişi tayin».

Elnur Abduraimov klubda bu yerda ikki oyga yaqin vaqt davomida maşğulotlarda iştirok etmoqçi. Şundan söng u professional boksdagi ilk jangini ötkazişni rejalaştirgan. Elnur u yerda qaysi murabbiy bilan işlaşini ham oşkor qildi

«Endi birinçi navbatda u yerga borib yangi joyga moslaşib, yangiça muhitga moslaşib olamiz va maşğulotlarga kirişamiz. U yerda yaqindagina Lomaçenkoga qarşi jang qilgan Gilermo Rigondoning (17-1, 11 KO) murabbiyi Pedro Dias menga ustozlik qilişini aytişdi. Şunday tajribali murabbiy qöl ostida ikki oyça maşğulotlar ötkazib, aprel oyida ilk jangimni ötkazişni rejalaştiryapmiz», deya gapirib ötdi Abduraimov KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda.

Eslatib ötamiz, sönggi yillarda özbekistonlik bir qator boksçilar, jumladan Fazliddin Ğoibnazarov, Şahram Ğiyosov, Murodjon Ahmadaliyevlar faoliyatini professional boksda davom ettiradigan bölişgandi. Elnur ularning safini töldiradigan böldi.