Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasi raisi Ravşan Izamov Özbekiston delegatsiyasi tarkibida Medical Korea 2019 forumida qatnaşdi. Kun.uz muxbiri Milliy palata matbuot xizmatidan olingan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Mana 10 yildirki, Koreya Respublikasida Medical Korea forumi muntazam ravişda ötkazib kelinadi va u köp davlatlarning soğliqni saqlaş sohasi rahbarlari iştirokida yuqori darajada ötuvçi tibbiy forum hisoblanadi. Özbekiston delegatsiyasi tarkibidan, şuningdek, Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori Laziz Töyçiyev ham örin olib, Koreya Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri Park Nong Xu taklifiga binoan Medical Korea 2019 forumida iştirok etdi.
Safar yakunlariga köra, Ravşan Izamov bugungi kunda mintaqaviy tibbiy integratsiya beruvçi yangi imkoniyatlarni qayd etdi.

“Medical Korea Janubiy Koreyaning tibbiyotdagi yutuqlarini namoyiş etiş bilan birga, jahon tibbiyot sohasi rahbarlari uçraşadigan joy hamdir. Bu ularga töğridan-töğri özaro muloqot qiliş, fikr almaşiş, kelişuvlarga erişiş imkonini beradi. Uşbu forumda Qozoğiston, Turkmaniston va Tojikiston respublikalarining tibbiyot sohasidagi yuqori darajali vakillari iştirok etişdi. Men bevosita Möğuliston, Vetnam soğliqni saqlaş vazirlari bilan suhbatlaşdim, biz özaro hamkorlikka doir masalalar, yaqin istiqbolda amalga oşişi mumkin bölgan tibbiyot sohasidagi integratsiyalarni muhokama qildik. Xususan, Özbekistonda Möğul xalq tibbiyoti markazini oçiş imkoniyatlari haqida söz bordi. Turli mamlakatlar tibbiy integratsiyasini rivojlantiruvçi, insonlar salomatligiga ijobiy ta'sir qiluvçi yangi imkoniyatlarni izlaşga oid boşqa qiziq takliflar böldi”, - deydi u.
Tibbiyot integratsiyasi muammolarni hal qilişda hamkorlikda özaro manfaatli yeçimlarni izlaş, diagnostika va davolaş jarayonlariga sifat jihatidan yangi bosqiçga çiqiş imkonini beruvçi yangi şakllarni topiş, demakdir.
“Forum doirasida köp qavatli binoda joylaşgan, köplab yönalişlarga, keng infratuzilma va öz statsionariga ega Xalq tabobati klinikasida böldik. U yerda bizga umurtqa çurrasini jarrohlik operatsiyasisiz davolaş usuli namoyiş qilindi. Bizda ham şunday usul joriy qilinsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Bu, şuningdek, eng yaxşi va asosiysi, inson salomatligi uçun foydali tajribalarni özlaştiriş imkonini beruvçi tibbiy integratsiyaga yaqqol misol böla oladi. Medical Korea forumi formati qator şunday tajribalar bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi. Öylaşimça, Özbekistonda ham şunday formatni qöllaş mumkin”, - dedi Izamov.

















