Özbekistonda işemik insult profilaktikasi uçun möljallangan innovatsion tibbiy qurilma röyxatdan ötkazilişi mumkin. Kun.uz muxbiri Özbekiston Respublikasi Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasi matbuot xizmatidan olingan ma'lumotlar asosida şu haqida xabar berdi.
«Medtexnika Moskva» kompaniyalar guruhi direktori Artur Gortungning Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasidagi uçraşuv doirasida aytişiça, aprel oyida Toşkentda bölib ötgan TIHE 2019 xalqaro körgazmasida ikki şunday qurilma taqdim etilgan. Körgazma tugagan bölsa-da, qurilma klinik sinovlardan ötkaziş uçun Toşkentda qoldirildi. Sinovlar muvaffaqiyatli keçgan taqdirda, innovatsion qurilmalar Özbekiston Respublikasi Farmokologiya qömitasida röyxatdan ötkaziladi.
Gortung Özbekiston soğliqni saqlaş tizimining mazkur innovatsion qurilma bilan tanişuvi mart oyida Ravşan Izamov boşçiligidagi Milliy palata delegatsiyasining Moskvaga safari doirasida keçganligini ta'kidladi.

Şuningdek, «Medtexnika Moskva» kompaniyasi Milliy palata qöllab-quvvatlaşi ostida ilk marta öz stendi bilan Toşkentda iştirok etdi.
“Bu bizning Özbekiston bozori bilan birinçi tanişuvimiz va men uning aynan innovatsion tibbiy qurilma - işemik insultlar profilaktikasi uçun gipotermik uskunasidan boşlaganidan xursandman, uşbu qurilma asosida boş miyani mahalliy muzlatiş usuli yotadi. Mazkur qurilma Özbekistonda röyxatdan ötgan taqdirda, uni mamlakatingizda keng qöllaş imkoni yaratiladi”, - deydi Artur Gortung.
Rossiyada 2017 yildan şunday qurilma prezident klinikasi hamda qator boşqa klinikalarda xizmat körsatadi. Bunday innovatsion usul «Skolkovo» innovatsion markazi bazasida işlab çiqilgan, ular Kalaşnikov nomidagi Ijyevsk mexanika zavodida işlab çiqariladi.
Gotungning sözlariga köra, kreonogipertonik terapiyada qöllanuvçi innovatsion qurilma mexanizmi miyaga qon quyilişi bilan xavf soluvçi qon tomirlar qizişiga qarşi kuraşişga asoslangan. Amaliyotga köra, uşbu usul insultdagi ölim holatlarini 30 foizga pasaytiradi.Şu bilan birga, u jarohatlardan keyingi gematomani bartaraf etişda samara beradi.
«Medtexnika Moskva» Toşkentdagi körgazmada bu apparatlardan taşqari innovatsion tibbiy uskunalarning keng spektrini namoyiş qildi. Mexanik va elektrik tibbiy karavotlar, nogironlar aravaçalari, şifoxona jihozlari, kardiokreslolar, uqalaş stollari, harakatlana olmaydigan bemorlarni köçirişga möljallangan kötargiçlar şular jumlasidandir.

















