Özbekiston Respublikasi Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasi va Fanlar Akademiyasining V.I.Romanovskiy nomli Matematika instituti hamkorligining natijasi mahalliy farmatsevtika sohasidagi innovatsion işlanmalar şaklida namoyon bölişi kutilmoqda. Milliy palata raisi Ravşan Izamov va Matematika instituti direktori, akademik Şavkat Ayupov tomonidan imzolangan Hamkorlik memorandumi şundan dalolat beradi. Kun.uz muxbiri Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasi matbuot xizmatidan olingan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Hamkorlik rejalaridan Özbekiston innovatsion farmatsevtikasini rivojlantirişga oid loyihalar örin olgan. Birinçi bosqiç sifatida farmatsevtikani sun'iy intellektli kompyuter ilovalarini tayyorlaş şaklidagi raqamlaştiriliş jarayoni közda tutilgan. 

Memorandumga köra, dori vositalarini kompyuter işlanmalari böyiça işlab çiqilişiga doir ilmiy yutuqlar bosqiçma-bosqiç tatbiq qilinadi hamda ularning kommersializatsiyasi yölga qöyiladi.

Ta'kidlanişiça, iştirokçilar farmatsevtik tadqiqotlar sohasida hamkorlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun birgalikdagi taşabbuslarni rivojlantirişga kömak berişadi. 

Hamkorlikning keyingi bosqiçlarida unga davlat va nodavlat tuzilmalar hamda xususiy sektor taşkilotlarini jalb qiliş rejalaştirilgan. 

Qayd etiş lozimki, uşbu memorandum ilk marta matematika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmokologiya sohalari mutaxassislarining mahalliy farmatsevtikani rivojlantirişga yönaltirilgan sa'y-harakatlari birlaşuvini namoyiş qiladi. 

Bu Özbekistonning yanada yangi, samarali va xavfsiz dori vositalarini işlab çiqişda jahon trendiga muvofiq kelişga intilayotganidan dalolat beradi. Bugun butun dunyoda yangi soha – innovatsion farmatsevtika rivojlanib bormoqda, u an'anaviy farmatsiya va sun'iy intellekt innovatsion usullariga asoslangan innovatsion farmatsevtika uyğunlaşuvidir. Uning maqsadi – gen, molekulyar darajada ta'sir körsatuvçi va ma'lum bir bemor uçun muayyan vaqtda samaraliroq hisoblanuvçi dori vositalarini yaratiş. 

Hamkorlik memorandumining imzolanişi Özbekistonning innovatsion farmatsevtika rivoji tomon qöyilgan aniq qadamdir.