23 mart kuni "Ilm-fan 2020" dasturi doirasida Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi örtasida Digital Commons (Bepress) bazasida Özbekiston OTM ilmiy jurnallari qayd etiluvçi platforma yaratişga oid strategik kelişuv imzolandi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, mazkur loyiha doirasida Elsevier kompaniyasi double-blind peer review konfiguratsiyasini qöllab, 41 ilmiy jurnalni birlaştirib, noyob platformani taşkil qiladi.

Dunyoning yetakçi universitetlari tomonidan qöllanuvçi platforma Özbekistonning ilmiy jurnallari sifatini oşiriş imkonini beradi, özbek ilm-fanini repozitoriysi (raqamli arxivi)ni yaratadi va tarixga Scopus xalqaro standartlariga muvofiq işlab çiqilgan birinçi elektron resurs sifatida kiradi.
Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça mintaqaviy direktori Aliya Ospanovaning ta'kidlaşiça, bu Özbekiston ilm-fanini xalqaro maydonga olib çiqiş sari qöyilgan strategik qadam, özbek olimlarining tadqiqotlarini butun dunyoga namoyiş etiş imkoni, şuningdek, mahalliy naşrlar raqobatbardoşligini oşiriş va retsenziyalaşni tatbiq etiş demakdir. Özbekiston kollaboratsiyalar uçun sifatli maydonni yaratib, işonç bilan Markaziy Osiyo ilm-fan va ta'lim xabiga aylanadi.
Hamkorlik doirasida ilmiy jurnallar muharrirlarini öqitiş, muvofiqlaştiriş va sertifikatsiyalaş közda tutilgan. Naşrlar dizayni va logotipi işlab çiqiladi, ISSN'ni röyxatdan ötkaziş va qayta registratsiya qiliş jarayonlari ötkaziladi, şu bilan birga, havola beriluvçi meta-ma'lumotlar formatida ilmiy maqolalar repozitoriylari yaratiladi.
Ma'lumot uçun: Digital Commons (Bepress) – ilmiy jurnallar elektron platformalarini yaratiş böyiça töliq servis taqdim etuvçi jahonning yetakçi kompaniyasi. Kompaniya 1999 yilda taşkil topgan. Ilgari Berkeley press nomi bilan maşhur bölgan kompaniya butun dunyo böylab mingdan ortiq universitetlarga öz xizmatlarini taqdim etadi, AQŞning 90 foizdan ziyod universitetlari undan foydalanadi. Digital Commons 2017 yilda Elsevier kompaniyasi tomonidan qölga kiritilgan.
Lola Raxmanbayeva

















