Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 26—27 mart kunlari yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. 28—29 mart kunlari esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharqqa o‘zgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 27 mart kechasi 5-10 , kunduzi 10-15, 28—29 mart kunlari kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 darajagacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 26—27 mart kunlari ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28—29 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq, 28 mart kuni esa 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 26—29 mart kunlari ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, 26 martda kunduzi 19-24 daraja iliq, 27 martda 15-20 daraja iliq, 28—29 martda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 26—29 martda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14, kunduzi 26 martda 20-25 daraja iliq, 27 martda 18-23 daraja iliq, 28 martda 15-20 daraja iliq, 29 martda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatarida havo o‘zgarib turadi, 26 mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27—29 martda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 26 martda 17-22, 27—29 martda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi.G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 martda kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq, 27—29 mart kunlari kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.











