Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi». Poroshenko ukrainaliklarga chaqiriq bilan chiqdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat aholisini Rossiya yetakchisi Vladimir Putin oldida tiz cho‘kib turmaslikka chaqirdi. U tegishli chaqiriq bo‘lgan videoni feysbukdagi o‘z sahifasida joylashtirgan.
«Ukrainaliklarga tiz cho‘kib turish, emaklash, yig‘lash va Putindan kechirim so‘rash taklif etilmoqda», - dedi Poroshenko.
Biroq, Ukraina yetakchisining eslatishicha, «Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi».
Shu bilan birga, prezident Ukraina aholisiga Putindan «kechirim so‘rash» aynan qanday taklif etilayotganiga aniqlik kiritmadi.
Bundan oldin, Poroshenko Qrimni Ukrainaga qaytarish bo‘yicha rejani ochiqlagandi.
Xususan, Ukraina prezidenti Poroshenko Qrimni, qayta saylangan taqdirda, Kiyevning yurisdiksiyasi ostiga qaytarishni ustuvor vazifasi sifatida qo‘yishga va'da berdi.
Mavzuga oid
08:41 / 03.06.2026
Putin: rus tili filologiya fakultetlaridan ajratilishi kerak
22:05 / 02.06.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
22:33 / 29.05.2026
Putin Armanistonning Yevroittifoqqa intilishiga munosabat bildirdi
18:09 / 29.05.2026